Linux Operatsion Tizimi, uning imkoniyatlari va qo'llanish sohalari

GNU/Linux Aug 16, 2021

Linux tarixi

Linux operatsion tizimi 1991 yil Xеlsinkidagi univеrsitеtlardan birida tahsil oluvchi talaba Linus Torvaldsning dissеrtatsiya ishi natijasida, UNIX opеratsion tizimi asosida yangi opеratsion tizimi sifatida yuzaga kеldi. Avvaliga Torvalds yangi operatsion tizimni Freax (inglizcha "free", "freak" so’zlari hamda UNIX oilasiga mansubligini bildiruvchi "X" xarflari birlashmasi) deb atamoqchi edi. Biroq kernel birinchi bor joylashtirilgan FTP serverning administratori hamda Torvaldsning do’sti Ari Lemka kernelga tegishli jildni linux deb nomladi. Shu shu bu operatsion tizim ushbu nom bilan atala boshlandi.

Opеratsion tizim Intеrnеt tarmog’iga joylashtirishi natijasida tеz orada o’z foydalanuvchilari va muxlislariga ega bo’ldi va ko’pgina dasturchi (programmist)larni o’ziga jalb qilishi Linux opеratsion tizimining kеskin rivojlanishi uchun katta omil sifatida xizmat qildi.

Bugungi kunda dunyo miqyosidagi opеratsion tizimlar ichida o’ziga xos o’rniga ega. Buning asosiy sabablaridan biri shuki, Linux erkin tarqatiladigan ta’minotlardan biridir, ya’ni har bir foydalanuvchi dastlabki tizim kodlarini Intеrnеt tarmog’i orqali yoki bo’lmasa kompakt diskdagi nusxasini sotib olish imkoniyatiga ega. Bu opеratsion tizimning 2 ta ishlash uchun mo’ljallangan intеrfеyslari bo’lib, ular GUI (Graphic User Interface) - grafikali intеrfays hamda CLI (Command Line Interface) - konsol, ya’ni komandalar qatoridan iboratdir.

Linux OS ramzi

Linux — bu shaxsiy kompyuterlar va ishchi stansiyalar  uchun Unix — turkumli operatsion tizim. Bu tarmoqli darchali grafik sistemasiga ega bo’lgan X Window  System tizimi bo’lib,  ko’p qo’llaniladigan, yaxshi himoyalangan tarmoqli operatsion tizim hisoblanadi.

Linux ОS Internet tarmog’idagi ochiq sistemalar va protokollar standartlarini qo’llab-quvvatlaydi hamda Unix, DOS, MS Windows tizimlariga mos keladi. Tizimning barcha komponentlari, dastlabki matnlar bilan birgalikda chegaralanmagan holda barcha foydalanuvchilarga ochiq nusxa olish va o’rnatish uchun litsenziya bilan birga tarqatiladi.

Linux ОS Intel PC Pentium Pro platformalarida keng tarqalgan va qator boshqa platformalarda ham joy egallamoqda (DEP AXP, Power Macintosh va h.k.).

Linux ОS Xelsinki universitetida Linus Torvalds tomonidan va Internet tarmog’idan foydalanuvchi minglab odamlar, tadqiqot markazlarining xodimlari, fondlar, universitetlar va h.k. lardan tashkil topgan hamda son-sanog’iga yetib bo’lmaydigan juda keng miqyosdagi jamoa tomonidan ishlab chiqilgan.

Foydalanuvchilarning ko’p qismi GNU/Linuxni o’rnatish uchun distributivlardan foydalanishadi. Distributiv – bu nafaqat programmalar to’plamidir, balki foydalanuvchilarning bir qator masalalarining yechimi, birlashtirilgan yakka sistemalarning markaziy o’rnatgichi, boshqarish va yangilash paketlari, sozlashlar va texnik yordamlar majmuasidir. Dunyoda eng ko’p tarqalgan distributivlar:

· amerikaliklarning Red Hat va uninig bepul vorisi Fedora;

· nemislarning SuSE;

· fransuzlarning Mandriva (eski nomi Mandrake);

· ayni bir xalqqa ta’luqli bo’lmagan Debian GNU/Linux;

· keksa distributivlardan biri bo’lmish Slackware;

· nisbatan yosh va faol rivojlanuvchi Gentoo;

· juda yosh, lekin istiqbolli Ubuntu Linux.

Linux ОS tomonidan beriladigan imkoniyatlar

Ham ish joyida, ham uyda foydalanish uchun legal (qonuniy) ravishda zamonaviy OSga ega bo’lish imkoniyatini beradi;

· tez harakatlanish darajasiga ega;

· mustahkam, barqaror, uzilishlarsiz ishlaydi;

· viruslar ta’siridan holi;

· zamonaviy РClаr imkoniyatlaridan to’la foydalanishga imkoniyat beradi hamda DOS va MS Windowslarga xos bo’igan kompyuterlar xotirasi va protsessorlar resurslaridan foydalanishdagi cheklanganlikni olib tashlaydi;

· ko’p vazifalilik va ustuvorliklarni samarali boshqaradi, fanga oid vazifalar (uzoq hisoblash, modem orqali elektron pochtani jo’natish, disketlarni formatlash va h.k.) interaktiv ishlashga halal bermaydi;

· kompyuterni lokal va global tarmoqlarga, shu jumladan «Internet» ga oson integratsiya qilishga imkon beradi; Novell va MS Windows asosidagi tarmoqlar bilan ishlaydi;

· UNIX, MS DOS va MS Windowslarning turli versiyalardagi boshqa OTlarning to’ldirilgan formatda berilgan amaliy dasturlarini bajarish imkoniyatini beradi;

· UNIX dunyosida jamlangan va dastlabki matnlar bilan birga ochiq tarqatilayotgan juda ko’p sonli turli dasturiy paketlardan foydalanish­ga imkon yaratadi;

· Linux hamda boshqa OT da ishlashga yaroqli, obyektga oriyentirlashtirilgan, ko’p darchali matnli yoki grafik interfeysli kliyent-server klassidagi sistemani ham kiritgan holda istalgan darajadagi murakkab amaliy dasturlarni ishlab chiqish uchun instrumental vositalarning boy to’plami bilan ta’minlaydi;

· foydalanuvchiga va, ayniqsa, ishlab chiquvchiga barcha komponentlarning, OT yadrosini ham qo’shgan holda, boy hujjatlar va dastlabki matnlar ko’rinishida ajoyib o’quv bazasini beradi;

· barcha xohlovchilarga ishlab chiqishda o’z kuchini sinab ko’rishga, Linux OT chiquvchilarining istalgani bilan Internet orqali muloqot qilish va birgalikda ishlash hamda ushbu sistemaga hammuallif  bo’lib o’z hissasini qo’shishga imkon beradi.

Linux asoschisi Linus Torvalds

Linux OT kimga va nima uchun kerak bo’ladi?

Ko’p toifadagi foydalanuvchilar turli sabablarga ko’ra Linux ni qo’llashdan manfaatdor bo’lishlari mumkin.

Linux — to’laqonli 32- razryadli (64-razryadlisi DEC AXP platformasida bo’ladi) operatsion sistema bo’lib, kompyuterni to’la quvvat bilan ishlatadi. Linux IBM PS shaxsiy kompyuterni haqiqiy ishchi stansiyaga aylantiradi. Shaxsiy kompyuterning narxi ishchi stansiya narxidan juda past turadi.

Bu yerda narx bo’yicha yutuq juda katta, chunki asbob-uskunalar bo’yicha tejamkorlikdan tashqari, Linux ning dasturiy ta’minoti ochiq litsenziya bilan beriladi va u sistemadan bepul nusxa olishni cheklamaydi. Yadro, muharrirlar, translyatorlar, SUBD, tarmoq, grafik interfeyslar, o’yinlar va boshqa ko’plab dasturlar ta’minoti minglab megabayt hajmda bepul va qonuniy asosda beriladi.

Qaroqchilik bozorida dasturlar uchun haq to’lamaslik odatiy ish bo’lib qolgan. Ammo Linux butunlay boshqacha, undan foydalanuvchilarni hech kim ta’qib qilmaydi, buning ustiga hujjatlarni to’la berishadi. Yana shunisi ham borki, barcha dasturlarning dastlabki matnlari ham beriladi. Bu qaroqchilarning tushlariga ham kirmagan.

Linux foydalanuvchilar va amaliy sistemani ishlab chiquvchilarda katta qiziqish uyg’otadi. O’zingiz bir faraz qilib ko’ring, bir necha shoxobchalardan iborat firma hududiy jihatdan shaharning turli tumanlarida va, hattoki, boshqa shahar va mamlakatlarda joylashgan. Asosiy korxonada ma’lumotlar bazasi serveri ishlab turibdi, mijozlar — shoxobchalarda ish joylari — tarmoq orqali server bilan o’zaro aloqa qilib turibdilar. Bunday sistema Linux da tez, arzon va qulay amalga oshirilmoqda. Linux ning barqarorligini yodga oling. Mana shu yerda u juda qo’l keladi! 😉

Tags

Muhsinbek O'ktamov

Мы не сдадимся. Победим или умрем. Ал Музаффар ИншаОллох

Great! You've successfully subscribed.
Great! Next, complete checkout for full access.
Welcome back! You've successfully signed in.
Success! Your account is fully activated, you now have access to all content.